"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi tomonidan berilayotgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida “Temiryo'linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A. Norqabilov Qarshi lokomotiv deposida nazorat safari o'tkazdi.

Ma'lumki, poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, lokomotiv xo’jaligi ish unumdorligini oshirish hamda zarur bo’lgan ehtiyot qisimlarni mahalliylashtirish borasida temir yo’l tizimida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi tomonidan berilayotgan topshiriqlar va ko'rsatmalarni o'z vaqtida bajarilishini taʼminlash, lokomotiv brigadalari bilan suhbatlashish maqsadida joriy yilning 4-iyul kuni “Temiryo'linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.A. Norqabilov tomonidan Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali tarkibidagi Qarshi lokomotiv deposida nazorat safari o'tkazildi.

Nazorat safari davomida lokomotiv xo’jaligi xodimlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Uchrashuvlarda lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglandi. Shu bilan bir qatorda depolar hududida olib borilayotgan ishlar o’rganildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot