Qarshi MTU filiali rahbari Qarshi lokomotiv depo filialiga nazorat safari uyushtirdi.

Joriy yilning 25 - iyul kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari Qarshi lokomotiv depo filialiga nazorat safari uyushtirdi.

Qarshi lokomotiv depo filiali lokomotivlar holati hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish jarayonlari, ta'mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi hamda ishchi-xodimlar bilan suhbat o'tkazildi.

Qarshi lokomotiv depo boshlig'i va o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari ishtirokida tanqidiy ruhda yig'ilish o'tkazildi. Unda uzel rahbari tomonidan korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish va ishchi-xodimlarni foydali mehnatga yo'naltirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar va topshiriqlar berib o'tildi.

Shu bilan birga, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida Depo oshxonasi ko'zdan kechirilib, taomnomada ko'rsatilgan ovqatlardan tatib ko'rildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot