"Bahorgi koʻrik" yakuni boʻyicha "Qarshi MTU" filiali boshlig'i M.X.Mirzayev rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. (http://qarshimtu.uz/)
2025-yil 17-fevral kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli filiallar va stansiyalarda harakat xavfsizligi talablari va tashish texnologik jarayoni bajarilishi, xoʻjaliklar ahvoli, mehnat muhofazasi va intizomi, texnik vositalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganish, poyezdlar harakatini tashkil qilishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan "Bahorgi koʻrik" yakuni boʻyicha "Qarshi MTU" filiali boshlig'i M.X.Mirzayev rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan yig‘ilishda ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga aniq choralar ko‘rildi va kelgusida bunday kamchiliklar takrorlanmasligi uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ta'kidlab o‘tildi.

















