HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, joylarda olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida joriy yil 19 - fevral kuni Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlar ijrosini tekshirish maqsadida Qarshi-Kengsoy temir yo’l uchastkasini 106-diagnostik laboratoriya vagonida kuzatib o’tildi.

Kuzatuv davomida elektr xo’jaligi, yo’l xo’jaligi, signallashtirish va aloqa xo’jaligi, sun’iy inshootlarning holati, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ya'ni ekilgan ko'chatlar hamda yaratilgan bog'lar ko’zdan kechirildi.

Kengsoy stansiyasida joylashgan Qarshi temir yo'l masofasi filiali bo'linmasida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirildi.

Toshg'uzor-G'uzor bekatlar oralig'ida Qarshi temir yo'l masofasi filiali tomonidan tashlandiq yerdan unumli foydalanish maqsadida bog' yaratilmoqda. Qarshi MTU filiali boshlig'i M.X.Mirzayev bog' yaratilishida ishtirok etdi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot