Kasb fidoyisi
Bugungi kasb fidoyisi rukni ostidagi sahifa mehmoni –“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali Qarshi stansiyasida yuk qidiruv agenti Sarkisyan Olga Ruslanovna. Temir yo‘ldagi mehnat faoliyati davri: 33 yil.
Mazkur vazifada 2022-yildan buyon ishlab kelmoqda
Bugungi sahifamiz mehmoni temir yo‘ldagi ilk mehnat faoliyatini 1992-yilda “O'zbekiston temir yo'llari” Qashqadaryo temir yo‘l bo’limi Qarshi stansiyasida teletaypist vazifasida boshladi.
1994-yildan 2014 - yilgacha ''O'zbekiston temir yo'llari'' DATK “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK Qarshi stansiyasida texnologik markaz operatori, 2014-yildan 2016-yilgacha ''O'zbekiston temir yo'llari'' DATK “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK Qarshi stansiyasida transzit vagonlar operatori, 2016-yildan 2022-yilgacha ''O'zbekiston temir yo'llari'' AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK Qarshi stansiyasida kotiba kabi vazifalarda ishladi.
2022-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi stansiyasida Yuk qidiruv agenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
S.O. Ruslanovna oilali, to’rt nafar farzandi bor.