Korrupsiya halokatga yoʻl

“TEMIRYOʻLINFRATUZILMA” AJ Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali ma’muriy binosida “Korrupsiya halokatga yoʻl” shiori ostida yigʻilish tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda MTU tasarrufidagi xodimlar ishtirok etdi va Qashqadaryo viloyati Transport xavfsizlik boshqarmasi xodimlari mavzu yuzasidan tushunchalar berib, amaliy tavsiyalar taqdim etdilar.

Tadbir davomida korrupsiyaning iqtisodiy o‘sishga, investitsiyalar jalb qilishga va jamoatchilik ishonchiga yetkazayotgan zarari tahlil qilindi.

Fuqarolar va ommaviy axborot vositalari orqali shaffoflikni ta’minlash va fosh qiluvchilarni himoya qilish mexanizmlari e’tirof etildi.

Maxsus tayyorlangan video taqdim qilinib, rolikda temir yo‘l sohasidagi korrupsion holatlar, ularning oqibatlari va ilg‘or tajribalar qisqacha ko‘rsatilgan, bu qatnashchilarga mavzuni yanada yaqqol tushunishga yordam berdi.

Tadbir davomida temir yo‘l sektorida korrupsiyaga qarshi kurashning qonunchilik, texnologik yechimlar va jamoatchilik nazorati orqali amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Ushbu chora-tadbirlar sohadagi shaffoflikni oshirish va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

Postimiz orqali qatnashchilar va qiziqqan tomoshabinlarga temir yo‘l sohasidagi korrupsion jarayonlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar yetkazildi.

news photot news photot news photot news photot