Qarshi-Toshg'uzor-Oqrabod temir yo'l uchastkasi ko'zdan kechirildi

Joriy yil 26-mart kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamenti boshlig‘i  O.K. Karshiyev, "Temiryo'linfratuzilma" AJ bosh muhandisi E.R. Ummatov, “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbariyati hamda tegishli xodimlar birgalikda Qarshi-Toshg'uzor-Oqrabot temir yo'l uchastkasini 126-diagnostika laboratoriya  vagonida kuzatib o'tildi.

Kuzatuv davomida tog'li hududlarda sel kelish xavfi mavjud joylar o'rganilib, poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash borasida zaruriy qarorlar qabul qilindi, shuningdek, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

news photot news photot news photot news photot news photot