Qarshi-Qashqadaryo stansiyalar oralig'i piyoda tekshirib o‘tildi
Joriy yilning 4 - aprel kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” filiali boshlig'i M.X. Mirzayev boshchiligida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo'lovchi elektropoyezdi yo'lini harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida piyoda tekshirib o‘tildi.
Tekshiruv Qarshi-Qashqadaryo stansiyalar oralig'i, Qashqadaryo stansiyasi hamda Qashqadaryo yo'l mashina stansiyasida olib borildi. Jumladan, temir yo'l izlarining holati, kontakt tarmog'i, signal nuqtalari, elektr qurilmalar, bino va sun'iy inshootlarning holati, qo'riqlash postlari, panjara to'siqlarining butligi, temir yo'l bo'yida ekilgan ko'chatlar ko'zdan kechirilib, kamchiliklar bo'yicha uzel boshlig’i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.








