"Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili" va "Eng yaxshi sex boshlig'i" tanlovi o'tkazildi
28 aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Qarshi stansiyasida Qarshi MTU filiali tasarrufidagi barcha stansiya ishchi xodimlari o'rtasida "Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili" va "Eng yaxshi sex boshlig'i" tanlovi o'tkazildi. Tanlov natijasiga ko'ra "Eng yaxshi sex boshlig'i" nominatsiyasida
1-o'rin Tanxoz stansiyasi boshligi Po'latov Mirjahon
2-o'rin Qarshi stansiyasi boshlig'ining tezkor ishlar bo'yicha o'rinbosari Temirov Xusan
3-o'rin Dehqonobod stansiyasi boshlig'i Samatov Asqar
"Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili" nominatsiyasida
1-o'rin Kengsoy stansiyasi poyezd tuzuvchisi Obilov Shuhrat
2-o'rin Qashqadaryo stansiyasi poyezd tuzuvchisi Barnoyev Muzaffar
3-o'rin Sho'rtan stansiyasi poyezd tuzuvchisi Jurayev Nizom egalladilar.
G'oliblarga Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.








