Temir yo'l izlarini ta'mirlash jarayoni rahbarlar nazoratida olib borilmoqda
Joriy yilning 15-may kuni “Qarshi MTU” filiali boshlig'i M.X. Mirzayev tegishli korxona rahbarlari bilan birgalikda Toshg‘uzor - Oqrabot temir yo‘l uchastkasi tog'li hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida Qoradaxna - Chashma 87-88-km da temir yo‘l izlarini egriligini to‘g‘rilash jarayoni ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, temir yo'l izini almashtirishda olib boriladigan texnologik "OKNO" ishlari tegishli xo‘jalik korxona rahbarlari bilan birgalikda muhokama qilinib, ishlar rejalashtirib olindi.





