"Afrosiyob" yo'lovchi elektropoyezdi harakatlanadigan temir yo'l uchastkalari piyoda tekshirib o'tildi

2025-yil 17-may kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Qadirov tomonidan berilgan 312-NZ-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari M.X. Mirzayev va tegishli mutaxassislar joriy yilning 23-may kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo'lovchi elektropoyezdi yo'lini piyoda tekshirib chiqish ishlarini amalga oshirdilar.

Tekshiruv davomida yo‘l infratuzilmasining texnik holati hamda yo'l xo'jaligi, aloqa va signalizatsiya xo'jaligi va elektr ta'minoti xo'jaligi qurilmalari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joyida chora-tadbirlar belgilandi hamda yo‘lovchi va yuk poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash uchun muhim qarorlar qabul qilindi.

Bunday rejalashtirilgan piyoda ko‘riklar temir yo‘l tarmoqlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

news photot news photot news photot news photot news photot