Qarshi transport prokuraturasi tomonidan profilaktik tadbir o'tkazildi
Joriy yilning 23 may kuni Qarshi transport prokuraturasi tomonidan "Temiryo'linfratuzilma" AJ Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiali xodimlari ishtirokida korrupsiyani oldini olish, firibgarlikning turlari hamda unga ishonib qolmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish maqsadida profilaktik yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror mazmun va mohiyati haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.


