"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan Qashqadaryo yo‘l mashina stansiyasi filialiga nazorat safari amalga oshirildi
Joriy yilning 27-may kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan Qashqadaryo yo‘l mashina stansiyasi filialiga nazorat safari amalga oshirildi.
Safar davomida filialning bo‘limlari va ishchi-xodimlarining ish faoliyati, texnik hujjatlar holati hamda sexlardagi amaliy jarayonlar o‘rganildi. Ishchilarga yaratilayotgan mehnat sharoitlari ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.




