HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Joriy yilning 4-iyun kuni Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlar ijrosini o'rganish maqsadida Qarshi-Buxoro temir yo’l uchastkasini teplovoz kabinasida kuzatib o’tildi.

Kuzatuv davomida elektr xo’jaligi, signallashtirish va aloqa xo’jaligi, yo’l xo’jaligi, sun’iy inshootlarning holati ko’zdan kechirildi.

Shu bilan birga, Mashal stansiyasida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar tekshirildi va Uzel rahbari tomonidan kerakli ko’rsatmalar berib o’tildi.

Uzel rahbari tomonidan Mashal stansiyasi ishchi xodimlari bilan suhbat olib borilib, ularning taklif va e'tirozlari tinglandi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot