Dehqonobod stansiyasiga nazorat safari uyushtirildi

Joriy yilning 10-iyun kuni Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash, joylarda ishchi-xodimlar bilan suhbatlashish hamda "Yagona darcha" elektron platformasidan foydalanayotgan ishchi-xodimlar KPI tizimiga o'tkazilishi bo'yicha tushuntirishlar berish maqsadida Dehqonobod stansiyasiga nazorat safari olib borildi.

Dehqonobod stansiyasida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar tekshirildi, stansiya navbatchisi ish jarayoni va texnik xujjatlar yuritilishi ko'zdan kechirilib, Uzel rahbari tomonidan kerakli ko’rsatmalar berib o’tildi.

Dehqonobod vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish bo'linmasi va Dehqonobod stansiyasi ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot tarzida suhbat uyushtirildi hamda ular tomonidan bildirilgan takliflar va savollar tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

news photot news photot news photot news photot news photot