Qarshi-Oqrabot temir yo'l uchastkasi VMT-980 avtomotrissa kabinasida kuzatib o'tildi

Joriy yilning 24-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbariyati hamda tegishli xodimlardan iborat komissiya a'zolari tomonidan Qarshi-Oqrabot  temir yo'l uchastkasida nazorat tekshiruvi o'tkazildi.

Tekshiruv davomida mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, ish texnologiyasining bajarilishi, shuningdek mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur bo'lgan choralarni ko'rish, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo'yicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

Infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan hamda yog'ingarchilik davrida suv toshqinlari temir yo'l qatlamlariga jiddiy zarar yetishini oldini olish maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko'zdan kechirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot