HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI
Joriy yilning 2-iyul kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 1-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari amalga oshirildi.
🔍Tashrif davomida lokomotiv brigadalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatoliklar atroflicha muhokama qilinib, smena davomida harakat xavfsizligini ta’minlash, texnik intizomga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
✅Ish jarayonlarini harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
🚉Lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish, vagonlarning turib qolishining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, tegishli masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
🔧 Ta’mirlash sexlaridagi ish jarayoni, mavjud sharoitlar va xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Jumladan, Elektron marshrut platformasi yuritilish jarayoni bevosita ko‘zdan kechirildi.
☀️Ob-havo sharoitining keskin isib ketishi sababli, ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va issiqda xavfsiz mehnat qilishlariga ko‘maklashish maqsadida, tibbiyot xodimlari tomonidan zaruriy profilaktik chora-tadbirlar tavsiya etildi.
jumladan,
🔘kuchli issiqda uzoq vaqt quyosh ostida qolmaslik,
🔘 tana haroratining keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik,
🔘 gigiyenik qoidalarga amal qilish,
🔘 sifatsiz yoki muddatidan o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik,
🔘 toza va yetarli miqdorda ichimlik suvi ichish zarurligini ta’kidlandi.








