Gumbaz-Ulus bekatlar oralig'ida texnologik "OKNO" ishlari olib borildi

Qarshi MTU filiali boshlig'ining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 3-iyul kuni Gumbaz-Ulus stansiyalari oralig'ining 3763 km 10 piketidan 3764 km 4 piketigacha bo'lgan oraliqda temir yo'lni reabilitatsiya qilish "OKNO" ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu texnologik "OKNO" ishlarini sifatli va belgilangan tartibda bajarilishini nazorat qilish maqsadida Qarshi MTU boshlig'i M.X. Mirzayev tomonidan ish joyiga nazorat safari uyushtirildi.

Temir yo‘l infratuzilmasini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan bu kabi texnik tadbirlar harakat xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchi tashishni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot