Qarshi stansiyasida kuzgi ko'rik o'tkazildi

Joriy yilning 9-sentabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida kuzgi mavsum oldidan an’anaviy ko‘rik ishlari boshlandi. Tadbir filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida, uzel tarkibidagi barcha xo‘jaliklar, korxonalar va stansiyalar mutasaddilari ishtirokida Qarshi stansiyasida o‘tkazildi.

Ko‘rikning asosiy maqsadi — kuz-qish mavsumida temir yo‘l tizimida uzluksiz va xavfsiz harakatni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishdir.

Tekshiruv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔘 Ishchi-xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi va xizmat vazifalarini bajarishi;

🔘 Temir yo‘l inshootlari hamda texnik qurilmalarning soz holatda saqlanishi;

🔘 Texnologik jarayonlarning to‘liq va sifatli bajarilishi;

🔘Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik talablarining qat’iy nazorat qilinishi;

🔘 Lokomotiv, vagon, yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.

Shuningdek, profilaktik ishlar doirasida harakat xavfsizligini kafolatlaydigan texnik vositalarning ishlash samaradorligi ham sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi, mas’ullarga esa aniq topshiriqlar berildi.

O‘tkazilgan kuzgi ko‘rik poyezdlar harakati xavfsizligi, ishlab chiqarish samaradorligi hamda temir yo‘l tizimida barqaror faoliyatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot