HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI (https://t.me/rjukarshi)

Joriy yilning 10-sentabr kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 1-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari amalga oshirildi.

 Ta’mirlash sexlaridagi ish jarayoni, mavjud sharoitlar va xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Jumladan, Elektron marshrut platformasi hamda Smart-depo dasturlari yuritilish jarayoni bevosita ko‘zdan kechirildi. Lokomotiv brigadalari sog'lig'ini tekshiruvchi tibbiyot xodimlarining ish joyi hamda faoliyati o'rganildi.

Ish jarayonlarini harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot