Qarshi-Gumbaz temir yo'l uchastkasi elektrovoz kabinasida kuzatib o'tildi
Joriy yilning 25 - sentabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli" filiali boshligi M.X. Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi - Gumbaz temir yo’l uchastkasini ВЛ-80 2471 elektrovoz kabinasida kuzatib o’tildi.
Kuzatuv davomida yo’l xo’jaligi, elektr xo’jaligi, signallashtirish va aloqa xo’jaliklarining, sun’iy inshootlarning holati ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, Alatun, Ayritom va Gumbaz stansiyasida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar tekshirildi va Filial rahbari tomonidan kerakli ko’rsatmalar berib o’tildi.




