4301 tiklash poyezdi bo'linmasi tekshirildi

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari A.A. Kamildjanovning 29.09.2025 yil videoselektor yig'ilishida berilgan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 2 oktabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i M.X. Mirzayev tomonidan "4301 tiklash poyezdi" bo'linmasiga nazorat tekshiruvi olib borildi.

Tekshiruv davomida tiklash poyezdida xo'jaliklar bo'yicha mavjud jihozlar, qurilmalar hamda materiallar soz va shay holatda ta'minlanganligi ko'zdan kechirildi.

Shu bilan birga, ish jarayoni, mavjud sharoitlar va xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

news photot news photot news photot