Qarshi stansiyasi hamda Qarshi-Qashqadaryo stansiyalar oralig'ida piyoda tekshiruv amalga oshirildi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi Z.G'. Narzullayevning 2025 yil 30-sentabr kuni №469-N sonli "Harakat xavfsizligi oyligini o'tkazish to'g'risida"gi buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 7 oktabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i M.X. Mirzayev tomonidan Qarshi stansiyasi hamda Qarshi-Qashqadaryo stansiyalar oralig'ida piyoda tekshiruv amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida yo‘l infratuzilmasining texnik holati, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va signalizatsiya xo‘jaligi hamda elektr ta’minoti qurilmalari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joyida chora-tadbirlar belgilandi, yo‘lovchi hamda yuk poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash uchun muhim qarorlar qabul qilindi.
Bunday rejalashtirilgan nazorat va ko‘riklar temir yo‘l tarmoqlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.








