Harakat xavfsizligini ta'minlash eng ustuvor vazifa

news photot

2022-yil 15-iyun kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKga qarashli Qarshi lokomotiv deposida, uzel rahbariyati, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK bo’yicha bosh noziri hamda depo ishchi-xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlarni qiynab kelayotgan muammolari ko'tarilib, ularning bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mas'ul rahbarlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, o‘z kasbiga sadoqat va metindek matonatlari bilan ko‘p yillar davomida ishlab korxonada o‘z hurmatlariga ega bo‘lgan Mashinist yordamchilari Toshev Doniyor Kushshaevich, Raxmatov Burxon Mustafoqulovich, Qo'riqlash bo‘limi qorovuli Radjabov Murodilla Toshevichlarni nafaqaga kuzatilishi munosabati bilan tashshakurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar, cheksiz hurmat va yaxshi tilaklar bilan nafaqaga kuzatildilar.

Shuningdek, Uzel rahbariyati, Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” UK bo’yicha bosh noziri Qarshi lokomotiv deposida yangi qurilgan hozirgi zamonaviy elektrovozlar uchun maxsus "Qum" tayyorlash sexida bo‘lib qumni qayta ishlash elektrovozlar uchun tayyor holga keltirish jarayoni bilan yaqindan tanishib bu yerda qilinayotgan ishlarning kamchiliklari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot