Qorabayir otchilik majmuasida nazorat ko'rigi o'tkazildi.

news photot

2022-yil 26-avgust kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UKga qarashli Qorabayir otchilik majmuasida nazorat ko'rigi o'tkazildi.

Nazorat ko'rigi davomida majmua hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2017 yil 15 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur majmuada hozirda milliy iftixorimiz sanalgan qorabayir otlari yetishtirilmoqda. Bugungi kunda Qorabayir otchilik majmuasida 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot