Harakat xavfsizligini ta'minlash dolzarb masala

news photot

2022-yil 7-sentabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Kitob va Tanxoz stansiyalariga nazorat safari uyushtirildi. Safar davomida stansiyalardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar, temir yo'llar, temir yo'l kesishmalari, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar va texnik hujjatlarni yuritish holatini birma-bir koʻzdan kechirildi

Shuningdek Kitob suv tarqatish inshooti va Kitob temir yo‘l bekatidagi mashinistlar dam olish uyi holati o‘rganildi hamda stansiyada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot